
Muhofazakorlik
-
Muallif(lar) Russell Kirk
- NashriyotRegnery Gateway
- Yil2019
- TarjimonSardor Salim
- MuharrirFazilat Yodgorova
- SahifalashDiyora Zarifova
- UniversitetRegnery Gateway
- Hamkor nashriyotAkademnashr
1953-yili Rassell Kerkning “Konservativ zehniyat” kitobi nashr qilingach, zamonaviy konservativ intellektual harakatlar davri boshlandi. Oradan to‘rt yil o‘tib, u ushbu kitobining qisqa falsafiy xulosasini yozdi va “Ayollar uchun konservatizm haqida qo‘llanma” nomi bilan nashr etdi. Ana shu qisqa qo‘llanma keyinchalik “Konservatizm haqida muxtasar qo‘llanma” nomi bilan qayta chop etildi. Bu kitob konservatizmning oila, jamiyat va shaxs, erkinlik va din, xususiy mulk va davlat, taʼlim va o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabatini g‘oyaviy jihatdan bayon qilib beradi.