
Ekspertlar kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
14-may kuni 1000KITOB loyihasining navbatdagi Ekspertlar kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda ekspertlarimiz oʻtgan davrda qilingan ishlar sarhisobini tingladi. Yigʻilishdan asosiy maqsad — kelgusida nashrga tayyorlanadigan kitoblarning roʻyxatini tasdiqlash edi. Mutaxassislarimiz ularni koʻrib chiqdi va tasdiqladi, tez orada ularning toʻliq roʻyxati e’lon qilinadi.